Jahon | 14:40 / 24.01.2019
9305
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Pekinda «yadroviy beshlik» uchrashuvi o‘tkazilishini tasdiqladi

Foto: TASS/Vladimir Smirnov

XXR Tashqi ishlar vazirligi (TIV) vakili Xua Chunin Pekinda «yadroviy beshlik» (Rossiya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya) uchrashuvi bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning aniqlik kiritishicha, tomonlar yadroviy qurolsizlanish, yadro qurolini tarqatmaslik va tinch maqsadlarda yadroviy texnologiyalarni qo‘llash masalalarini muhokama qiladi.

«Men shuni tasdiqlashim mumkinki, haqiqatdan ham, yadro quroliga ega beshta davlatning uchrashuvi 30 yanvar kuni Pekinda bo‘lib o‘tadi», - deya ta'kidlab o‘tdi Chunin.

Ta'kidlanishicha, tadbirda 30-31 yanvar kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov va AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Andrea Tompson ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh yadro qurolidan Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun foydalanmoqchi ekani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid