Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston yog‘och kursidan ham yengilroq bo‘lgan sun'iy yo‘ldoshni uchirdi
Foto: ISRO
Hindiston 2019 yildagi birinchi - Kalamsat-V2 sun'iy yo‘ldoshini uchirdi, u bir hafta ichida talabalar tomonidan yig‘ilgan hamda yog‘och kursidan ham kamroq og‘irlikka ega. Bu haqda Hindistonning NDTV telekanali xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, sun'iy yo‘ldoshning og‘irligi 1,26 kg.ni tashkil etadi. U uzunligi taxminan o‘n santimetr bo‘lgan qirralarga ega o‘ziga xos kub ko‘rinishida. Uning yaratilishiga taxminan 120 ming rupiy (1,7 ming dollar) sarflandi.
Xabar qilinishicha, «kursi»-sun'iy yo‘ldosh bilan birga, kosmosga Hindistonning 740 kilogrammlik Microsat-R harbiy sun'iy yo‘ldoshi yetkazildi, u Yerdagi obektlarning yuqori aniqlikdagi fotos'yomkasi uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya «Epsilon-4» raketasini uchirgandi. «Epsilon-4» qattiq yoqilg‘ida ishlaydi va uni uchirish deyarli inson ishtirokini talab qilmaydi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026