Hindiston 2019 yildagi birinçi - Kalamsat-V2 sun'iy yöldoşini uçirdi, u bir hafta içida talabalar tomonidan yiğilgan hamda yoğoç kursidan ham kamroq oğirlikka ega. Bu haqda Hindistonning NDTV telekanali xabar berdi.
Aniqlik kiritilişiça, sun'iy yöldoşning oğirligi 1,26 kg.ni taşkil etadi. U uzunligi taxminan ön santimetr bölgan qirralarga ega öziga xos kub körinişida. Uning yaratilişiga taxminan 120 ming rupiy (1,7 ming dollar) sarflandi.

Xabar qilinişiça, «kursi»-sun'iy yöldoş bilan birga, kosmosga Hindistonning 740 kilogrammlik Microsat-R harbiy sun'iy yöldoşi yetkazildi, u Yerdagi obektlarning yuqori aniqlikdagi fotos'yomkasi uçun möljallangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya «Epsilon-4» raketasini uçirgandi. «Epsilon-4» qattiq yoqilğida işlaydi va uni uçiriş deyarli inson iştirokini talab qilmaydi.












