Sport | 12:43 / 29.01.2019
5833
1 daqiqa o‘qiladi

Messi yana bir shaxsiy mukofotni qo‘lga kiritdi

Foto: FC Barcelona

Barselona» sardori Lionel Messiga La Liganing 2017/18 yillar mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi.

O‘tgan mavsum to‘purari Mundo Deportivo nashri tomonidan tashkil etilgan taqdirlash marosimida liga prezidenti Xaver Tebasdan mukofotni qabul qilib oldi.

Foto: FC Barcelona

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida argentinalik hujumchi 34ta gol urib, 12ta golga assistentlik qilgan, bu natija bilan beshinchi marta «Oltin butsa» sohibi bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Messi La Ligadagi 328-g‘alabali o‘yinini o‘tkazib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Real»ning sobiq hujumchisi Raul Gonsalesdan o‘zib ketgan va musobaqa tarixida  uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olgandi.

Mavzuga oid