Light | 18:34 / 29.01.2019
12272
1 daqiqa o‘qiladi

Rassom shaharlar ramzlarini yagona rasmda aks ettirdi

Italiyalik Federiko Babina o‘zining g‘aroyib loyihalari bilan dunyoni ilk marta lol qoldirishi emas. Arxitektura alfaviti, ruhiy kasalliklarning arxitekturada aks etishi – uning g‘aroyib ishlarining kichik qismlaridan. Har safar dizayner va arxitektor tasavvur etishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni rasmlarga aylantira olish qobiliyati bilan ommada taassurot uyg‘otadi. Uning iste'dodi va arxitekturaga bo‘lgan muhabbatining chegarasi yo‘qdek tuyuladi. Shunday ekan, bu inson va uning haybatli g‘oyalariga yana ancha qoyil qolishimiz aniq.

Misol uchun, bu safar Federiko Babina o‘zigagina xos bo‘lgan usulda dunyo shaharlarini tasvirladi. Rasmlarda har bir shaharning rasmi daholarcha bog‘langani va odam shaklini hosil qilganini ko‘rishimiz mumkin. Biz, oddiy tomoshabinlar esa ulardan bahra olib, rassom va arxitektorning iste'dodini olqishlaymiz.

Mavzuga oid