AQShga qutbning izg‘irin girdobi yopirilmoqda
AQSh tarixidagi eng qahraton qish mavsumlaridan biri keldi. Chikagoda havo harorati -46 darajaga tushib ketgan.
Qutbning izg‘irin girdobi Qo‘shma Shtatlarning sharqiy hududlari - Dakotadan Mayngacha rekord darajadagi sovuq oqimni olib kelgan. Metereologlarga ko‘ra, sovuq va qor janubiy shtatlar Alabama va Jorjiyaga ham yetib borishi kutilmoqda.
Izg‘irin mamlakatning o‘rta g‘arb hududi – Chikago va Illinoys shimoliga qattiq ta'sir ko‘rsatgan. Ushbu hududdagi shaharlarda yuzlab maktablar yopilgan, mingdan ortiq parvozlar bekor qilindi.
Qahraton sovuq odatda Shimoliy Qutb hududlaridan o‘tadi, bu yil esa oqim janubroqqa – AQSh tomonga yo‘nalishni o‘zgartirgan.
Chikagolik rasmiylar sovuq oqibatida 360 ming o‘quvchi darslarini bekor qilgan, Jorjiyada ham darslar bekor qilinmoqda. Sovuq hatto Rochesterda (Minnesota shtati) bir kishining umriga zomin bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:59 / 19.09.2024
Eronlik xakerlar Bayden shtabiga Tramp haqida ma’lumotlar yuborgani ma’lum bo‘ldi
13:20 / 19.09.2024
Sanksiyalar chetlab o‘tilishi: AQSh Xitoydan uran importini tekshiryapti
12:00 / 19.09.2024