Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Kubogi finalini Ravshan Ermatov boshqaradi
OFK Osiyo Kubogi finalini boshqarib boradigan hakamlar brigadasini tasdiqladi.
1 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan bahsga o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida tayinlangan. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov assistentlik qiladi.
Uchrashuv zaxira hakami sifatida xitoylik Ma Ning tanlangan. VAR tizimini italiyalik Paolo Valeri boshqarsa, unga singapurlik Muhammad Taqi Bin Jahari va avstraliyalik Kristofer Bit yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi uchrashuv juma kuni Abu-Dabidagi «Zayed Spors City Stadium»da Yaponiya va Qatar terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.
Ma'lumot uchun, final ishtirokchilari Ravshan Ermatovga begona emas. O‘zbekistonlik referi qit'a birinchiligi davomida guruh bosqichidagi Suriya – Falastin va Eron – Iroq bahslarida, pley-offda esa Yaponiya – Saudiya Arabistoni hamda Janubiy Koreya – Qatar uchrashuvlarida bosh hakam sifatida ishlagan edi.
Final Ermatovning turnirdagi 5-o‘yini bo‘ladi, bu – musobaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Quyidagi to‘rt nafar referi hisobida to‘rttadan o‘yin bor: Abdulrahmon Al-Jassim (Qatar), Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA), Riuji Sato (Yaponiya), Sezar Arturo Ramos (Meksika).
Umuman, Osiyo Kubogining 51ta o‘yinida jami 26 nafar mutaxassis asosiy referi sifatida ishladi. O‘zbekistondan Ravshan Ermatovdan tashqari Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev bittadan o‘yinni boshqarib borishdi.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Ravshan Ermatov Qatarda o‘tgan 2011 yilgi Osiyo Kubogi finalini ham bosh hakam sifatida boshqargan edi.
Mavzuga oid
19:21 / 19.03.2026
O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmadi
22:38 / 03.02.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini chorakfinalda tark etdi
22:40 / 30.01.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogida Avstraliyani mag‘lub etdi
19:02 / 28.01.2026