O‘zbekiston | 16:31 / 31.01.2019
19522
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Qichqiriq kanali atrofi obodonlashtiriladi (foto)

Toshkent shahri Olmazor tumani Qichqiriq kanali atrofida soybo‘yi sayilgohi tashkil etilmoqda. 

Hozirda qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan bu maskanda faxriylar uchun dam olish maskanlari, kutubxonalar ham barpo etiladi. 

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, kanalning uzunligi 1,6 kilometrni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi kanallar bo‘yida 12 ta sayilgoh tashkil etilishi, bunga 190 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid