Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud boshqaruvchilarini soliqchilar orasidan tayinlash amaliyoti bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Belgilab qo‘yilishicha, 2019 yil 1 maydan:
a) davlat soliq xizmati organlarining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda sud boshqaruvchilarini davlat soliq xizmati organlari xodimlari orasidan tayinlash amaliyoti bekor qilinadi;
b) shunday tartib joriy qilinadiki, unga muvofiq davlat soliq xizmati organlarining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda:
to‘rtinchi toifali sud boshqaruvchisi attestatiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (Assotsiatsiya) a'zolari hisoblangan shaxslar sud boshqaruvchisi etib tayinlanadi;
qarzdor turgan joydagi tuman (shahar) soliq inspeksiyasining qaroriga asosan, har bir yakunlangan tugatishga doir ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan sud boshqaruvchilariga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida haq to‘lanadi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni uzishda to‘langan qarz summasining 5 foizi miqdorida sud boshqaruvchilariga qo‘shimcha haq to‘lanadi;
v) sud boshqaruvchilarining faoliyati “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” ixtisoslashuvi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan va sud boshqaruvchisi attestatini olgan advokatlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin;
g) sud boshqaruvchilarini tayinlash kreditor (kreditorlarning umumiy yig‘ilishi yoki qo‘mitasi) yoki bankrotlik ishlari bo‘yicha vakolatli davlat organi yoxud Assotsiatsiya va uning hududiy tuzilmalari taqdimnomasi bo‘yicha sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:28 / 07.05.2026
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi
20:57 / 03.04.2026
Qarzini uzolmasdan bankrot bo‘layotgan firmalarga oyoqqa turib olishida yordam beriladi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026