Jahon | 00:29 / 04.02.2019
37097
1 daqiqa o‘qiladi

“Gitlerning yo‘qolgan floti” Qora dengizda topildi

Qora dengiz tubida Ikkinchi jahon urushi zamonlaridagi uchta nemis suv osti kemasi aniqlandi. Kemalarni turkiyalik dayver va dengiz muhandisi Selchuk Kolay topgan.

Kolay 10 yildan ko‘proq qidirish ishlarini olib borgan, deb xabar berdi TRT Haber telekanali. Dastlab u  bir dona submarina – U-23’ni uchratgan. Biroq keyinroq hujjatli film suratga olish vaqtida Turkiya harbiy-dengiz kuchlari kemasi yana ikkita kema: U-19 va U-20’ni topgan. 

Ushbu suv osti kemalari nemis armiyasi tomonidan sobiq ittifoqqa qarshi qo‘llangan. Ruminiya sobiq ittifoq tomonga o‘tgandan keyin kemalar ekipaji tomonidan cho‘ktirib yuborilgan. O‘tgan yillar ichida kemalarning aniq joylashgan o‘rni noma'lum bo‘lib qolgan va shu sababli u “Gitlerning yo‘qolgan floti” deb ham yuritilgan.

Mavzuga oid