Fan-texnika | 20:00 / 05.02.2019
5223
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla 200 mln dollarga batareyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyani xarid qildi

AQShning Tesla avtomobilsozlik kompaniyasi Kaliforniyada joylashgan Maxwell Technologies kompaniyasini sotib oldi.

Ushbu kompaniya xaridi Tesla’ga 200 mln dollarga aylangan, bitim esa joriy yil 2-choragida yopilishi kutilmoqda.   

Maxwell Technologies batareyalar, superkondensatorlar va boshqa akkumulyator komponentlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Tesla rahbari Ilon Mask 2018 yil noyabrda kompaniya Shanxaydagi fabrikada o‘zining akkumulyator modullari va bloklarini ishlab chiqarishini ma'lum qilgan.

Mask kompaniyasi 2018 yil yakunlariga ko‘ra 976 mln dollar yoki bir aksiyaga 5,72 dollar ziyon ko‘rgan. Shu bilan birga kompaniya 2017 yilga nisbatan ziyonni 50 foizga kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Kompaniyaning 2018 yildagi tushumi 82 foizga oshib, 21,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.    

Mavzuga oid