Xitoyning BYD kompaniyasi birinçi marta AQŞning Tesla brendini ortda qoldirib, elektromobillar sotuvi böyiça dunyo yetakçisiga aylandi.
BYD 1 yanvar kuni e’lon qilgan sarhisobga köra, kompaniya 2025 yilda elektrda harakatlanadigan avtomobillar sotuvini qariyb 28 foizga oşirib, 2 mln 250 mingtadan oşirişga erişgan.
2 yanvar kuni esa Tesla ham 2025 yilgi natijalari haqida ma’lumot berdi. Unga köra, Ilon Maskning kompaniyasi ötgan yili dunyo böylab 1,64 millionta elektromobil sotgan, bu – bir yil oldingidan qariyb 9 foizga kam.
Şu tariqa, Tesla'da sotuvlar hajmining pasayişi ketma-ket ikkinçi yilda ham davom etgan.
Yangi mahsulotlar mijozlar tomonidan birdek iliq qarşi olinmagani, Ilon Mask siyosiy faoliyatida muvaffaqiyatsizlikka uçragani va Xitoydagi raqibi bilan qizğin raqobat kabi şaroitlar tufayli 2025 yil Tesla uçun oğir yil böldi.

















