Fan-texnika | 07:57 / 07.02.2019
20734
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmat biznes samolyoti narxi ma'lum qilindi

Foto: Aerion Supersonic

AQShning Aerion aviasozlik startapi yangi avloddagi biznes-jyetlar narxi haqida ilk ma'lumotlarni berdi. Salonida 12 kishi joylasha oladigan yangi avloddagi yo‘lovchi samolyoti uchun AQSh aviasozlik kompaniyalari har bir mijozdan 120 mln dollar so‘raydi. Bunday katta mablag‘ samolyotning yuqori texnologikligi uchun olinadi: samolyotning kreyser tezligi 1,4 Maxni (1500 km/soatdan yuqoriroq) tashkil qiladi va bu Atlantika uzra parvozlar davomiyligini 3 soatga qisqartirishga imkon beradi.   

Biroq AQSh kompaniyalari yuqori ko‘rsatkichlar bilan maqtana olmaydi: ular e'lon qilgan tezlikda biznes-jyet faqat 7800 km ucha oladi. Bu orada asosiy raqobatchilar – Bombardier’ning Global 7000 va Global 8000 samolyotlari qo‘nmasdan mos ravishda 13520 va 14631 km ucha oladi. Shu bilan birga ikkala samolyotning narxi 60 mln dollarga yaqin, ya'ni AQSh biznes-jyetlaridan 2 barobar arzonroq turadi.  

Mavzuga oid