Jahon | 08:37 / 07.02.2019
10963
1 daqiqa o‘qiladi

Pompeo Venesuelaga Rossiya va Kubadan mustaqil bo‘lishni tiladi

Foto: REUTERS

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Fox Business telekanali efirida ma'lum qilishicha, Rossiya va Kuba allaqachon Venesuela ichiga kirib olgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Davlat kotibi Venesuelada Kuba va Rossiyaning ishtiroki aynan qanday ekaniga aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, Pompeoning umid qilishicha, mamlakatda «hokimiyat o‘zgarganda», Venesuela aholisi «suveren va mustaqil» xalq bo‘lishni xohlaydi. Shuningdek, uning bildirishicha, venesuelaliklar «xavfsizlik va farovonlik» masalasi bo‘yicha «ruslar va kubaliklarga» tayanishi kerak emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoning taqdiri haqida gapirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid