Sport | 23:50 / 08.02.2019
7238
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik mulozim O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasida vakil bo‘lib ishlaydi

Turkiyalik mulozim Erjan Bulut O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida jamoatchi vakil sifatida ish olib boradi. Bu haqda O‘FA sayti xabar bermoqda.

Image

Erjan Bulut 1970 yilda Anqara shahrida tug‘ilgan. Ayni paytda O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi kengashi raisi, «Ziraat Bank» kengashi maslahatchisi, O‘zbekiston va Turkiya Ziraat Finans Group koordinatori hisoblanadi.

Bundan buyon u ikki mamlakat sporti, xususan, futboli borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, loyihalar va boshqa masalalarda vakil sifatida ishlaydi. Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida sport sohasida hamkorlik qilish, tajriba almashish, ikki mamlakat futboli o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, terma jamoalar, klublar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish va boshqa shu kabi rejalarni amalga oshirilishiga ko‘mak beradi.

Mavzuga oid