Sport | 19:50 / 15.10.2018
3922
2 daqiqa o‘qiladi

Umid Ahmadjonov muxlislar dardi va taklifini eshitishga tayyor

O‘zbekistondagi futbol muxlislari bilan yanada yaqin bo‘lish, mamlakatning istalgan chekkasidagi fuqarolar bilan jonli muloqot qilish, ularning fikr va mulohazalarini tinglash, takliflariga quloq tutish  maqsadida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning qabulxonasi ochildi. Bu haqda O‘FA sayti xabar beradi.

Har haftaning chorshanba kuni soat 11:00dan 17:00ga qadar har bir futbol muxlisi qabulxonaga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuda O‘FA 1-vitse-prezidentiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Umid Ahmadjonov qabulxonaga tashrif buyurgan har bir insonning murojaatini tinglab, o‘sha murojaat bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini shaxsan nazorat qilib boradi. 
 
Bu orqali esa futbolimizda uchrayotgan muammolar, kamchiliklar bartaraf etilib, futbolimizni yanada rivojlantirish, xolislik va shaffoflikni ta'minlash hamda oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish sari katta qadam tashlanadi.

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 98/A 
Telefon: (+99871) 2309058

Mavzuga oid