Jahon | 08:20 / 11.02.2019
11792
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish muddati ma'lum qilindi

Foto: AP

AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari Jozef Votelning ma'lum qilishicha, Suriyadan Amerika yerusti qo‘shinlarini olib chiqib ketish kelgusi bir necha hafta ichida boshlanishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shu bilan birga, amerikalik qo‘mondonning ta'kidlashicha, hamma narsa «u yerlardagi» vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.

«Qo‘shinlarni olib chiqish masalasiga kelsak... Mening o‘ylashimcha, biz o‘zimiz xohlagan joyga to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqdamiz», - dedi Votel.

Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, harbiy uskunalardan ko‘ra odamlarni mamlakatdan olib chiqish osonroqdir. Hozirda qo‘mondonlik keraksiz materiallar va uskunalar bilan bog‘liq masalani hal qilmoqchi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Votel.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Suriya bo‘yicha rejalardan biriga qarshi chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid