Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston AQSh g‘aznachiligi qimmatli qog‘ozlarini sotib olishni rejalashtirmoqda
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralaridagi oltin miqdorini kamaytirish va AQSh g‘aznachiligi qimmatli qog‘ozlarini (trejyeris) xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma'lum qildi.
Reuters’ning Qo‘chqorov so‘zlariga asosan ta'kidlashicha, O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yildan oltin-valuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish va trejyeris sotib olishni rejalashtirmoqda.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning sof oltin-valuta zaxiralari hajmi 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 26,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari Temur Ishmetov shunday degan: «Zaxiralarimizning yarmi - bu oltin, sababi biz oltin ishlab chiqaruvchimiz. Biz oltin-valuta zaxiralarida oltin ulushini asta-sekin kamaytiramiz va AQSh Moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlarini sotib olamiz».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston moliya vaziri Bloomberg'ga yangi rejalar haqida gapirib bergandi.
Mavzuga oid
14:48
Mers Yevropa davlatlarining AQShdan yanada mustaqil bo‘lishini talab qilmoqda
09:37
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
07:58
AQSh davlat qarziga egalik: eng yirik davlatlar reytingi
22:57 / 02.02.2026