Sport | 22:25 / 16.02.2019
37688
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rashidovning het-trigi «Nasonal»ga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi

Portugaliyaning «Nasonal» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov yangi jamoasi tarkibidagi gollari hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

27 yoshli futbolchi Portugaliya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Feyrensi» klubiga qarshi o‘yinda het-trikka erishdi. Uning jamoasi esa 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu natijadan so‘ng, «Nasonal» 23 ochko bilan 12-o‘ringa ko‘tarildi, «Feyrensi» esa 14 ochko bilan so‘nggi – 18-o‘rinda bormoqda. 

Portugaliya chempionati, 22-tur
16 fevral

Nasonal – Feyrensi 4:0
Gollar: Rashidov (12, 54, 67), Roches (80)

Mavzuga oid