Jahon | 10:49 / 17.02.2019
18964
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yilning eng xavfsiz avtomobillari ma'lum qilindi 

Foto: kbb.com

Euro NCAP mutaxassislari 2019 yilning eng xavfsiz avtomobillari reytingini tuzishdi. Tashkilot o‘tkazgan krash-testlar ma'lumotlari CarBuyer portalida e'lon qilingan. 

“Kichik o‘lchamli oilaviy avtomobil” toifasida Mercedes-Benz A-Class modeli g‘olib bo‘ldi. Bu avtomobil har qanday avtofalokatda yo‘lovchilarning 96 foizlik xavfsizligini ta'minlay oladi, tormozlash, polosada ushlab turish yordamchilari va haydovchining toliqqanligini kuzatish tizimiga ega. 2- va 3-o‘rinlarni yangilangan Ford Focus va Nissan Leaf modellari egallagan.

“Katta o‘lchamli oilaviy avtomobil” toifasida Audi A6 g‘olib bo‘lgan. U sinovdan o‘tkazilgan barcha mashinalar ichida katta yoshli yo‘lovchilar va bolalarning eng yaxshi xavfsizligini namoyish qilgan. Bundan tashqari, avtomobil haydovchiga yordam beruvchi yangi tizimlar, jumladan ko‘rinmaydigan hududlarni kuzatish tizimi bilan jihozlangan. 2- va 3-o‘rinlarni Mazda 6 va Volvo V60 modellari egallagan.

Mutaxassislar krossoverlar toifasida BMW X5’ni eng xavfsiz deb topishgan. Bu avtomobil kattalar va bolalarning xavfsizligini mos ravishda 89 va 86 foizga ta'minlaydi. Keyingi o‘rinlarni Volkswagen Touareg va Jaguar I-Pace egallagan.

Mavzuga oid