Jamiyat | 15:52 / 23.02.2019
13768
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

​«IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» kompaniyasi faoliyati xalqaro anjumanda e'tirof etildi

21 fevral kuni Toshkent shahridagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» kompaniyasi tashabbusi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va «Bio energy LTD» hamkorligida o‘simliklar va tuproqlarni sog‘lomlashtirish, qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri shu haqda xabar berdi.

Xalqaro anjuman doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida dunyoning yetakchi xalqaro universitetlari olimlari hamda mustaqil izlanuvchilar tomonidan «Jonli tuproq va organik ko‘mir: tuproq uchun sog‘lomlashtirish markazi», «Tuproq mikroorganizmlari-mustahkam qishloq xo‘jaligining asosi», «O‘simlikshunoslikning innovatsion texnologiyalari», shuningdek, «O‘zbekiston tuproqlari sharoitida mineral o‘g‘itlar samaradorligini oshirish yo‘llari» mavzularida qiziqarli taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan soha oldidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Litvaning Vilnyus universiteti Ilm-fan hayoti markazi mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi dotsenti Audryus Gegyatskas,o‘simlik va tuproq salomatligi bo‘yicha mustaqil o‘qituvchi va maslahatchi, avstraliyalik Djoyel Uilyams, VitautasMagnus universitetining agronomiya fakulteti o‘qituvchisi Vitautas Lalas, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi Jo‘raqul Sattorov, shuningdek, agroklaster rahbarlari, fermer va dehqonlar ishtirok etdi.

«Uchrashuvning ahamiyati shundaki, unda dunyo qishloq xo‘jaligi bilimlarini puxta bilgan olimlar bilan fikr almashdik. Bugun yon daftarimga kelgusida amalga oshirishim lozim bo‘lgan ko‘pgina yangi fikrlarni qayd qilib oldim»,- deydi tadbir qatnashchisi, Jizzax viloyatidagi «Silver leafe bmb agro trade group» Agroklasteri rahbari Abduolim Xidirov.

Anjuman ishtirokchilari tomonidan ekinlarni turli zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qiluvchi vositalarning ahamiyati bo‘yicha ham fikrlar bildirildi. Bu borada shu kabi vositalarni ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yetakchi kompaniyalardan biri «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» faoliyatiga yuqori baho berildi.

Mazkur kompaniya 2017 yildan boshlab o‘simliklarni himoya qilish vositalarini Respublika hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va bu sohada qator yutuqlarga erishdi.Bugungi kunda «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» tomonidan ekinlarni himoya qilishda zarur bo‘lgan 70 dan ortiq kimyoviy vositalar va 50 turdan ortiq mineral hamda organik vositalarni dehqon, fermerlarga yetkazib berilmoqda.Ushbu mahsulotlar ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish hamda yuqori hosil olishda dehqonlarga beminnat yordamchidir. Shu boisdan kompaniya «Birgalikda yetishtiramiz!» shiori bilan ishlab keladi.

«IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» kompaniyasi nafaqat o‘simlik himoyasi uchun mahsulot ishlab chiqaradi, balki bepul agronomik maslahat va xizmatlarni ham ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari o‘z mijozlarining ekin maydoniga tashrif buyurib ilmiy tahlillar asosida kerakli tavsiyalarni beradi.

«IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» O‘zbekiston bo‘ylab o‘zining 100 dan ortiq savdo do‘koni va filiallariga ega.

Anjumanda xalqaro mutaxassislar tomonidan o‘simliklar himoyasi va oziqlanishi uchun mahsulotlar ishlab chiqarish, dehqon va fermerlar uchun ilmiy, agronomik xizmatlar ko‘rsatish borasida mazkur kompaniya tajribasini ommalashtirish tavsiya etildi.

 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid