Sport | 20:17 / 25.02.2019
14983
1 daqiqa o‘qiladi

Superliganing 2019 yilgi mavsumiga qur'a tashlandi

Bugun 25 fevral kuni O‘zbekiston chempionatining 2019 yilgi mavsumiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Superliganing yangi mavsumida O‘FA qaroriga ko‘ra 14ta klub ishtirok etadigan bo‘ldi. Jamoalar 2 davrali tizimda jami 26ta o‘yin o‘tkazishadi.

O‘zbekiston Kubogining formati esa o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, o‘yinlar sonini ko‘paytirish maqsadida Liga Kubogi ham tashkil qilinadi.

Qur'a natijasiga ko‘ra, 1-tur juftliklari quyidagi ko‘rinishni oldi. O‘yinlar 8 mart kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Superliga
1-tur

«Surxon» - «Metallurg»
«Dinamo» - «Nasaf»
«So‘g‘diyona» - «Bunyodkor»
«Paxtakor» - «Lokomotiv»
«Navbahor» - «Qo‘qon-1912»
«Andijon» - «Qizilqum»
OKMK - «Buxoro»

Mavzuga oid