Banklarga rahbarlarni Markaziy bank bilan kelishilmagan holda tayinlashga ruxsat berildi
O‘zbekistonda banklarga rahbarlarni Markaziy bank bilan kelishmagan holda tayinlashga ruxsat berildi. Bu haqda “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarorda aytiladi.
Bundan avval banklar boshqaruvi raisi lavozimga bank Kengashi qarori bilan, Markaziy bank bilan kelishilgan holda tayinlanardi. Keyinchalik aksiyadorlar uni Umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlashi kerak edi.
Shu bilan birga, bunda bank boshqaruvi raisini tayinlash to‘g‘risidagi qaror, odatda, xorijiy menejyerlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov asosida qabul qilinadi. Boshqaruv a'zolari bank Kengashi tomonidan tayinlanadilar
Tartib Markaziy bank to‘g‘risidagi banddan tashqari o‘zgarishsiz qolgan.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024