Jahon | 08:34 / 27.02.2019
16314
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya vakili: AQSh Venesuelani talon-toroj qildi, Guaydo esa qallobdir

Foto: AP Photo/Bebeto Matthews

 Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Buyuk Britaniya Venesuelani 30 milliard dollarga talon-toroj qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh va Buyuk Britaniyadan Venesuela hisob raqamlarini ochib berishni talab qilmoqda.

Shuningdek, u Vashington va Londonni BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiyalarini buzishni to‘xtatishga chaqirdi.

Nebenzyaning ta'kidlashicha, AQSh va Britaniya Venesuela chegaralari hamda suverenitetini hurmat qilishi kerak.

Bundan tashqari, Vasiliy Nebenzyaning ma'lum qilishicha, Venesuelada AQShning yagona maqsadi respublikadagi hokimiyatni o‘zgartirish bo‘lib qolmoqda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Venesuelaga harbiy yo‘l bilan bostirib kirish imkoniyatini istisno etmaydi.

Shuningdek, u Venesuelaning muammolarini hal qilish AQSh maqsadi emasligini ham qo‘shimcha qildi.

Vasiliy Nebenzyaning bildirishicha, Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo «ko‘chadan kelgan qallob» sanaladi.

«Mustaqil Lotin Amerikasi mamlakatida birdaniga qallob paydo bo‘ldi, u o‘zini ko‘chada prezident sifatida e'lon qildi», - dedi Nebenzya.

Uning so‘zlariga ko‘ra Guaydo AQSh tomonidan «bir necha daqiqadan so‘ng» tan olingan.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, ro‘y bergan holat «qonun va konstitutsiyaviy huquq ustidan kulish» hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro Trampni ayblab chiqqandi.

Mavzuga oid