Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzda 2020 yil sentyabrda II Xalqaro maqom san'ati anjumani o‘tkaziladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 fevralda “II Xalqaro maqom san'ati anjumanini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishni qabul qildi.
Farmoyishga ko‘ra, o‘zbek milliy maqom san'atini asrab-avaylash va rivojlantirish, uning noyob namunalarini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida san'atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy-ma'naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish, jahon hamjamiyatida maqom san'ati nufuzini yanada oshirish maqsadida Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan Xalqaro maqom san'ati anjumanini ikkinchi marta 2020 yil sentabr oyining birinchi yarmida o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining taklifi ma'qullanishi belgilandi.
Shu munosabat bilan, Xalqaro maqom san'ati anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- Anjumanga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini 2019 yilning aprel oyidan boshlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash;
- o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Anjumanning aniq sanalarini 2019 yilning dekabr oyiga qadar belgilash;
- 2019 yil 1 apreldan boshlab respublika va jahon miqyosida Anjuman targ‘ibotini tashkil etish, uning doirasida o‘tkaziladigan tanlov shartlari va ilmiy-amaliy konferensiya mavzusini e'lon qilib borish;
- 2020 yil 1 iyunga qadar respublikamiz hududlarida maqom ansambllarining konsert dasturlari, “Yosh maqom ijrochilari”, bastakorlar o‘rtasida “Maqom yo‘lida yaratilgan eng yaxshi asar” kabi nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovlari hamda taniqli maqomshunos olimlar, tajribali maqom ijrochilari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazib borish;
- Shahrisabz shahridagi Maqom muzeyini ushbu san'atga oid tarixiy, ilmiy-ijodiy manbalar, qadimiy va zamonaviy cholg‘u asboblari va boshqa yangi eksponatlar bilan boyitish choralarini ko‘rish;
- Anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga 2020 yil 1 aprelga qadar Anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash vazifasi topshirildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi ikki oy muddatda Shahrisabz shahrida Anjumanni o‘tkazish uchun zarur madaniy infratuzilma inshootlari va ijtimoiy obektlar barpo etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 2020 yilning 1 avgustiga qadar Shahrisabz shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishi, Anjuman o‘tkaziladigan sahna va maydonlarni talab darajasida tayyorlash vazifasi topshirildi.
Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari F.Sh.Mahmudov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
12:12 / 20.03.2026
“Afrosiyob” poyezdlari Shahrisabzga haftasiga 3 marta qatnay boshlaydi
19:30 / 07.11.2025
Sun’iy intellektli apparatdan premium palatalargacha: Shahrisabzdagi “Oqsaroy” klinikasi qanday imkoniyatlarga ega?
18:10 / 19.06.2025
Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi va faollar bilan suhbatlashdi
16:04 / 26.03.2025