Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. London shimolidagilar murosaga kelishdi
Angliya Premer-Ligasida 29-tur o‘yinlari boshlandi. Turni shimoliy London derbisi boshlab berdi. «Uembli»da o‘tgan bahsda «Tottenhem» va «Arsenal» durang o‘ynashdi.
Avvaliga «Arsenal»da oxirgi mavsumini o‘tkazayotgan Aaron Remzi «To‘pchilar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada esa Xarri Keyn penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakuni «Arsenal» uchun omadsiz o‘tdi. 90+1-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Per-Emerik Obameyang penaltidan gol urolmagan bo‘lsa, 90+5-daqiqada Lukas Torreyra qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Angliya chempionati
29-tur
Tottenhem – Arsenal 1:1
Gollar: Remzi (16) – Keyn (74, penaltidan).
Amalga oshirilmagan penalti: Obameyang (90+1, darvozabon).
Tottenhem: Loris, Tripper, Sanches, Vertongen, Rouz, Vanyama (Lamela, 59), Sissoko, Eriksen, Alderveyreld, Keyn, Son Xyon Min (Lorente, 79).
Arsenal: Leno, Koselni, Monreal, Papastatopulos, Mustafi, Ivobi, Remzi (O‘zil, 72), Genduzi (Torreyra, 46), Jaka, Mxitaryan, Lyakazett (Obameyang, 56).
Chetlatish: Torreyra (90).
Mavzuga oid
12:33 / 15.01.2026
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
11:38 / 31.12.2025
«Arsenal» ta’qibchisiga 4 ta gol urdi, «MYu» autsayderni yengolmadi
11:59 / 28.12.2025
APLda poyga qizimoqda. Kun o‘yinlari
11:04 / 21.12.2025