«PSJ» – «Arsenal» 1:1 (4:3)
Gollar: Havers, 6 (0:1). Dembele, 65 - penalti (1:1)
Penaltilar seriyasi: Ramuş - (1:0). Yokereş - (1:1). Due - (2:1). Eze - (2:1)(xato). Nunu Mendeş - (2:1)(darvozabon). Rays - (2:2). Hakimi - (3:2). Martinelli - (3:3). Beraldo - (4:3). Gabriel Magalyayns - (4:3)(xato)
«PSJ»: Safonov, Markinos (Beraldo, 106), Paço, Nunu Mendeş, Hakimi, Vitinya (Zabarniy, 106), Ruis (Zair-Emeri, 95), Joau Neveş, Kvaratsxeliya (Barkolya, 83), Due, Dembele (Ramuş, 90+6)
«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Inkapiye, Moskera (Timber, 66), Rays, Lyuis-Skelli (Eze, 91), Edegor (Yokereş, 66), Trossar (Martinelli, 83), Saka (Madueke, 83), Havers (Subimendi, 91)
Ogohlantirişlar: Joau Neveş, 90. Nunu Mendeş, 118 - Moskera, 47. Saka, 54. Yokereş, 98. Rays, 103

Uçraşuvning 6-daqiqasida «Arsenal» futbolçisi Kay Xavers hisobni oçdi. 63-daqiqada Moskera jarima maydonida Kvaratsxeliyani yiqitdi va «Arsenal» darvozasi tomon penalti belgilandi. Dembele penaltini aniq bajarib, hisobni tenglaştirdi.

Öyinnig asosiy vaqti va qöşimça taymlarda darvozalar işğol etilmagaç, penaltilar seriyasi belgilandi. Penaltilar seriyasida PSJ 5:4 hisobida ğalaba qozondi.

Parijliklar «Real»dan keyin çempionlik unvonini himoya qilgan ikkinçi jamoaga aylanişdi. «Real» bu natijaga 2016/17 va 2017/18 yilgi mavsumlarda erişgandi.

Jamoalar ötgan mavsum yarim finalida özaro töqnaşgandi. Öşanda Luis Enrike boşçiligidagi jamoa har ikki öyinda ğalaba qozonib, ikki uçraşuv natijasiga köra 3:1 hisobida ustun kelgan. Keyin esa finalda “Inter”ni 5:0 hisobida mağlub etib, klub tarixida ilk bor Çempionlar kubogini qölga kiritgandi.

Jamoalar bugunga qadar jami beş marta töqnaş kelgan. Ötgan mavsum yarim finaliga qadar parijliklar biror marta ham ğalaba qozonmagan edi. Ötgan mavsum umumiy bosqiçda «Arsenal» ğalaba qozongan, 2016/17 yilgi musobaqada esa raqiblar ikki marta durang öynagan.

Budapeştgaça bölgan yölda jamoalar turliça uslubda harakat qildi. «Arsenal» himoyadagi işonçli öyini bilan ajralib turdi. «Töpçilar» töqqizta uçraşuvda öz darvozasini daxlsiz saqladi va umumiy bosqiçda atigi törtta gol ötkazib yubordi.  

«PSJ»ning asosiy quroli esa hujumdagi samaradorlik böldi. Parijliklar uşbu musobaqada 1999/2000 yilgi Çempionlar ligasida 45 ta gol urgan «Barselona» rekordini takrorladi. 

«Arsenal»ning yuksalişi bosqiçma-bosqiç keçdi: 2023/24 mavsumda çorak final, keyingi mavsumda yarim final va endi esa 2005/06 yildan beri ilk marta final. 

E’tiborlisi, har ikki jamoa bu yilgi mavsumda öz mamlakatlari birinçiligida çempionlikni qölga kiritişdi.