30 may kuni Fransiyaning «PSJ» klubi finalda Londonning «Arsenal» klubini penaltilar seriyasida mağlub etib, qatorasiga ikkinçi bor Çempionlar ligasida ğolib çiqdi. Budapeştda bölib ötgan öyindan keyin «PSJ»ning minglab fanatlari Parij va Fransiyaning boşqa şaharlarida köçalarga çiqib, ğalabani nişonlaşdi. Fanatlar va politsiyaçilar örtasida töqnaşuvlar bölib ötgan. 31 may kuni tongida mamlakat içki işlar vazirligi bezorilardan 416 nafari qölga olingani, bu holatlarning aksari (283) Parijga töğri kelişi haqida ma’lumot berdi. Muxlislar muşak va signalli raketalar otişgan, politsiyaçilar esa olomonni tarqatiş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz qöllagan. Töqnaşuvlar oqibatida yetti nafar politsiyaçi jabrlangan. Avtomobillar va velosipedlarga öt qöyilgan. Quyida «PSJ» ğalabasidan keyin Parijda nimalar bölgani aks etgan suratlar.

Parijdagi Trokadero maydonida öt qöyilgan maşina
Lou Benoist / AFP / Scanpix / LETA
Çempionlar ligasi ğolibligini nişonlayotgan parijlik muxlislar
Jeanne Accorsini / SIPA / Scanpix / LETA
«PSJ» fanatlarini Yelisey maydonidan quvayotgan politsiyaçilar
Romeo Boetzle / AFP / Scanpix / LETA
Yelisey maydonida bayram qilayotgan «PSJ» fanatlari
Alexis Sciard / IP3 / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Parijda çiqindi taşuvçi maşinaga çiqib olgan fanatlar
Fanny Domergue / SIPA / Scanpix / LETA
Parijdagi tartibsizliklar vaqtida jabrlangan kişiga tibbiy yordam körsatilmoqda
Jeanne Accorsini / SIPA / Scanpix / LETA