Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?
Foto: KUN.UZ
Bugun, 4 mart kuni respublika bo‘yicha antitsiklon kirib kelishi bilan ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
FVV xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15 daraja iliqni, shimolda 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
5 martda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida barqaror ob-havo saqlanib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliqni, kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.
6-9 martda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-7 martda 8-13 daraja iliq; 8-9 martda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:30 / 20.04.2026
Turkmanistondan kirib keladigan siklon sel va toshqinlarni olib keladi
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
14:24 / 16.03.2026
Navro‘zoldi ob-havo prognozi
01:56 / 16.03.2026