Jahon | 01:07 / 07.03.2019
22034
2 daqiqa o‘qiladi

Hindlar g‘ildiraklar ustidagi hashamatli uyni taqdim qilishdi

Foto: skrenshot

Hindistonning g‘ildiraklar ustidagi uylar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Pinnacle kuzovning orqa qismi surilib chiqadigan, g‘ildiraklar ustidagi hashamatli uyni (motorxoum) taqdim qildi. Ushbu Finetza deb nomlangan modelni 8 ta yotoq o‘rni bilan jihozlash va salonni bezashning istalgan variantini tanlash mumkin.  

Foto: skrenshot

Pinnacle Finetza’da 2 tadan 8 tagacha karavot o‘rnatish mumkin. Ular qo‘zg‘almas va surilib chiquvchi bo‘lishi mumkin. Yotoqxonani oynavand tomosha tomi bilan jihozlash mumkin. Har bir motorxoumda tovushdan izolyatsiyalovchi maxsus hudud ko‘zda tutilgan. 

Mashinada televizorlar, uy kinoteatri, turli dasturlarga ega salonning yorug‘lanishi, muzlatgich va mikroto‘lqinli pech bo‘lgan oshxona, hojatxona va dush bor. Avtomobil 12 va 220 voltga mo‘ljallangan rozetkalar hamda WiFi bilan jihozlangan.    

Foto: skrenshot
Foto: skrenshot

 

Foto: skrenshot

Mavzuga oid