Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Naqd xorijiy valutalarni yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar fosh etildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublikamiz bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valutalarning noqonuniy olib chiqilishi va kirilishiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatlari fosh qilindi.
Jumladan, «Navoiy» chegara bojxona posti xodimlari fuqaro M.E.ni xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishganida, ushbu shaxs shimining cho‘ntagida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 4100 AQSh dollarini olib o‘tayotgani aniqlangan.
Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari esa «Navoiy» chegara bojxona posti orqali valuta qimmatliklarini noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazishdi.
«Tadbir davomida, avvaldan tezkor kuzatuvga olingan fuqaro Yu.U. 390 ming Rossiya rubli miqdoridagi naqd xorijiy valutalarni fuqarolar R. D., S.B. va A.A. ni moddiy rag‘batlantirish evaziga qo‘shni davlatga yashirib olib chiqishga bo‘lgan urinishlari oldi olindi», deyiladi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:59 / 23.01.2026
“Bojlar pasaytirilsa, mahsulot narxi arzonlashardi”: import sohasida tadbirkorlar hukumatdan qanday yordam kutyapti?
09:42 / 22.01.2026
Yevroparlament YeI–AQSh bojxona kelishuvi bo‘yicha ishni muzlatdi
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026