Jahon | 21:49 / 08.03.2019
34286
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada sobiq"koinot go‘zali" 19 yoshida vafot etdi

Foto: Lotte van der Zeyening feysbuk sahifasi

"2017 yilgi koinot yosh go‘zali" Lotte van der Zeye yigirma yoshga to‘lishiga bir kun qolganida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda uning instagramida ma'lum qilingan.

Fox news telekanalining xabar berishicha, qiz Avstriyadagi tog‘-chang‘i kurortida bo‘lgan.

Uni yotoqxonasida hushsiz holda topishgan. Mahalliy shifokorlar qizni sun'iy komaga tushirishgan va Myunxendagi kasalxonaga jo‘natishgan. Qiz kasalxonada yurak xurujidan vafot etgan.

Fojianing boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmayapti.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish