Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jarlik ustidagi g‘aroyib xitoycha restoran
Xitoydagi eng g‘aroyib, sayyohlarga yoqadigan joylardan biri shubhasiz Fangweng restoranidir. U Silin darasidagi (Xubey provinsiyasi) go‘zal manzarali vodiyda joylashgan. Uning o‘ziga xos jihati yarmi g‘orda, qolgan qismi esa jarlik ustida osilib turishidadir. Bu yerga tashrif buyurib nafaqat ovqatlanishingiz, balki yerdan bir necha yuz metr balandlikdagi manzaralardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Restoranga kelish uchun ko‘rimsiz binodan o‘tishingiz kerak. Biroq hafsalangiz pir bo‘lmasin, undan keyin ingichka ko‘prikdan o‘tasiz. Xavfsizlik maqsadida konstruksiya panjaralar bilan to‘silgan. Biroq shunda ham qo‘rquv kamaymaydi. Umuman olganda, tabiat go‘zalligiga nazar solganingiz sayin qo‘rquv sizni tark etadi va restorandagi hashamat muhitiga tezroq yetishga oshiqasiz.









Mavzuga oid
15:24 / 22.04.2026
Tadbirkor Timur Musin Toshkentdagi “Palov muzeyi” va Caravan restoranlarini sotuvga qo‘ydi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026