Xitoydagi eng ğaroyib, sayyohlarga yoqadigan joylardan biri şubhasiz Fangweng restoranidir. U Silin darasidagi (Xubey provinsiyasi) gözal manzarali vodiyda joylaşgan. Uning öziga xos jihati yarmi ğorda, qolgan qismi esa jarlik ustida osilib turişidadir. Bu yerga taşrif buyurib nafaqat ovqatlanişingiz, balki yerdan bir neça yuz metr balandlikdagi manzaralardan bahramand bölişingiz mumkin.

Restoranga keliş uçun körimsiz binodan ötişingiz kerak. Biroq hafsalangiz pir bölmasin, undan keyin ingiçka köprikdan ötasiz. Xavfsizlik maqsadida konstruksiya panjaralar bilan tösilgan. Biroq şunda ham qörquv kamaymaydi. Umuman olganda, tabiat gözalligiga nazar solganingiz sayin qörquv sizni tark etadi va restorandagi haşamat muhitiga tezroq yetişga oşiqasiz.