Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Turkiya Qora dengizda mashqlar o‘tkazdi
Rossiya Qora dengiz flotining axborot ta'minoti bo‘limi boshlig‘i, ikkinchi rangdagi kapitan Aleksey Rulev so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Qora dengiz floti kemalari Turkiya harbiy-dengiz kuchlari kemalari bilan birgalikda mashqlar o‘tkazgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mashqlar davomida kemalar otryadi ehtimoliy mina xavfi hududidan o‘tgan.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Turkiya kemalari ekipaji Qora dengizi suvlarida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha ishlashgan.
Rulevning qayd etishicha, mashqlarda, xususan, «Vasiliy Bikov» patrul kemasi ham ishtirok etgan.
Bundan oldin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya bilan S-500 raketa majmualarini sotib olish bo‘yicha bitim tuzilishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 04.06.2026
Qrimda benzin taqchilligi. Urush sabab
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
20:20 / 04.06.2026
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi boshlandi
20:10 / 04.06.2026