Rossiya Qora dengiz flotining axborot ta'minoti bölimi boşliği, ikkinçi rangdagi kapitan Aleksey Rulev sözlariga köra, mamlakat Qora dengiz floti kemalari Turkiya harbiy-dengiz kuçlari kemalari bilan birgalikda maşqlar ötkazgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, maşqlar davomida kemalar otryadi ehtimoliy mina xavfi hududidan ötgan.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Rossiya va Turkiya kemalari ekipaji Qora dengizi suvlarida özaro hamkorlik böyiça işlaşgan.

Rulevning qayd etişiça, maşqlarda, xususan, «Vasiliy Bikov» patrul kemasi ham iştirok etgan.

Bundan oldin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya bilan S-500 raketa majmualarini sotib oliş böyiça bitim tuzilişi mumkinligini ma'lum qilgandi.