Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Klichkoga ringga qaytishiga 40 mln dollar taklif qilindi – OAV
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoga ringga qaytishi uchun 40 mln dollarlik shartnoma taklif qilindi. Bu haqda Sport Arena nashri xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, DAZN striming platformasi aka-ukalarning kichigiga jahon boksi yetakchilari bilan 3 ta jang o‘tkazishi uchun shuncha pul to‘lashga tayyor.
Barcha janglar 2019 yilda tashkillashtiriladi va may, sentabr hamda dekabrda o‘tkaziladi. Janglardan birinchisi Germaniyada, qolgan ikkitasi Londondagi “Uembli” stadionida britaniyalik bokschilar Tayson Fyuri va Entoni Joshuaga qarshi o‘tishi mumkin.
25 martda 43 yoshini qarshilaydigan Klichko 2017 yilda Joshuadan mag‘lubiyatga uchragach, faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi.
E'tiborlisi, sobiq bokschi joriy yanvarda faoliyatini tiklashi haqidagi gaplarni rad etgandi.
Mavzuga oid
22:39 / 14.12.2021
Braziliyalik siyosatchilar ringda munosabatlarni oydinlashtirishga qaror qildi
23:02 / 25.06.2019
Vladimir Klichko oilasi bilan birga yonayotgan yaxtadan qutqarib qolindi
16:53 / 24.03.2019
Sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoni jangga chorladi
17:04 / 18.01.2019