Boks böyiça super oğir vazn toifasida jahonning sobiq mutlaq çempioni Vladimir Kliçko DAZN striming platformasi bilan uçta jangga şartnoma imzolaş böyiça muzokaralar ötkazdi.
The Ring ma'lumotiga köra, şartnoma tuziladigan bölsa, ukrainalik özining sport faoliyatini tiklaydi hamda taşkilot ambassadoriga aylanadi.
Manbalar söziga köra, 43 yoşli boksçi ringga qaytganidan söng birinçi jangni örta darajadagi raqib bilan ötkazadi. Kliçkoning ikkinçi raqibiga Ukraina vakilini 2015 yil noyabr oyida mağlub etgan Tayson Fyuri aylanişi mumkin. Taxminiy şartnomadagi uçinçi jang Vladimirni 2017 yil aprel oyida nokautga uçratgan britaniyalik Entoni Joşua bilan revanş bölişi ehtimoli mavjud. Hozirgi paytda bu boksçining ringda sönggi körinişi bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq yaponiyalik kikboksçi Tensin Natsukava Twitter’da avvalroq özi bilan jang ötkaziş niyatida ekanini bildirgan aralaş yönaliş (MMA) böyiça irlandiyalik jangçi Konor Makgregorga javob qaytargandi.












