Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeK Germaniya avtokonsernlarini 1 mlrd yevrolik jarimaga tortmoqchi
Foto: ec.europa.eu
Yevrokomissiya (YeK) nemis avtokonsernlariga yirik miqdorda jarimalar solishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Spiegel norasmiy ma'lumotlarga asosan xabar berdi.
Mavjud axborotlarga qaraganda, gap Volkswagen, Daimler va BMW kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilar haqida ketmoqda. Miqdori 1 milliard yevroga yetishi mumkin bo‘lgan jarimalar ularning ishlangan gazlarni (dvigatel silindrlarida ishlab bo‘lgandan keyin chiqariladigan gazlar) nazorat qilish haqidagi kelishuvlari bilan bog‘liq.
Aniqlik kiritilishicha, avtomobilsozlar dizel dvigatellaridan chiqariluvchi gazlarni tozalash uchun mo‘ljallangan reagentga bak hajmi bo‘yicha kelishib olgan. Shuningdek, ular zararli gazlarni kamaytirishi mumkin bo‘lgan benzinli dvigatellarga qattiq zarralar filtrlarini o‘rnatmaslikka qaror qildi. Daimler hamda Volkswagen YeKni bunday huquqbuzarlik harakatlari haqida xabardor etgani sababli, ular nisbatan yumshoqroq jarimaga tortiladi.
Bundan oldin, Volkswagen guruhi rekord savdolar qayd qilgandi.
Mavzuga oid
09:37 / 26.12.2025
Rossiya TIV rossiyaliklarni Germaniyaga safar qilmaslikka chaqirmoqda
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
11:48 / 24.12.2025
WDR: Germaniya tashqi razvedkasi rahbari Narishkin bilan telefonda gaplashgan
12:57 / 23.12.2025