Germaniyaning Şimoliy Reyn — Vestfaliya federal yerida Axendan Xammga yönalgan mintaqaviy ekspress poyezd temiryöl izlarida qoldirilgan beton plitalar va metall buyumlar sabab avariyaga uçradi. Bu haqda Bild gazetasi 22 mart, yakşanba kuni xabar berdi. Naşr ma’lumotiga köra, favqulodda hodisa bir kun avval keçasi Kamen-Metler va Kamen stansiyalari oraliğida sodir bölgan.
Gazetaning yozişiça, mazkur hodisani tekşiriş bilan davlat xavfsizligini himoya qiliş bölimi (Staatsschutz) şuğullanmoqda. Uşbu bölim öng va söl ekstremizm, terrorizm hamda josuslik bilan boğliq tahdidlarga qarşi kuraşadi.
Naşrda aytilişiça, maşinist temiryöldagi begona buyumlarni öz vaqtida payqab, tormozni bosgan, ammo avariyaning oldini olişning iloji bölmagan. Politsiya ma’lumotiga köra, maşinistning özi ham, poyezddagi 309 nafar yölovçi ham jabr körmagan. Hodisadan keyin poyezd harakatni davom ettira olmagan, yölovçilar evakuatsiya qilingan. Ular safarni boşqa poyezdda davom ettirgan.
“Tergovning dastlabki natijalari temiryöl izlariga bir neçta beton plitalar va metall prut qöyilganini körsatdi”, — deb yozadi Bild politsiya matbuot kotibiga tayanib.
Aftidan, uşbu plitalar jinoyatçilar tomonidan temiryölning zarar körgan qismi yaqinida joylaşgan kabel quduğidan oldindan suğurib olingan.
Politsiya temiryöl transporti faoliyatiga xavfli aralaşuv moddasi böyiça jinoyat işi qözğatgan. Şu bilan birga, voqeada siyosiy motiv bölişi ham istisno qilinmayapti. Hozir tergovçilar yarim tun atrofida uşbu temiryöl uçastkasining yaqinida şubhali şaxslarni körgan bölişi mumkin bölgan guvohlarni qidirmoqda.












