O‘zbekiston | 18:16 / 14.03.2019
8617
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi

Foto: AFP

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi:

1.    Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori bilan tasliqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 12-bandidagi "yuridik shaxslarni’' so‘zlaridan keyin "va yakka tartibdagi tadbirkorlarni” so‘zlari qo‘shildi.

2.    Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentyabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘grisida Nizomda:

a) 8-bandning uchinchi xatboshidagi “yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari” so‘zlari “yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari” so‘zlari bilan almashtirildi;

b) 122-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi.

3.    Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 9 avgustdagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:

“6. Tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug‘urtalash polisini taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet eldagi korxona nomiga:

Palataga a'zo bo‘lgan eksportchining o‘z mahsulotlari Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga eksport qilinganda;

eksportchining o‘z mahsulotlari ustav jamg‘armasida eksportchining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda;

vazirliklar, idoralar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadigan korxonalar tomonidan vazirlik, idora, uyushma yoki kompaniyaning, shuningdek, ularning ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari va kompaniyalarining ustav jamg‘armasidagi ulushiga tegishli ravishda kamida 51 foizni tashkil etgan chet eldagi tegishli korxona nomiga eksport qilinganda;

“O‘ztreyd” AJ, "O‘zsanoateksport" AJ, “O‘zagroeksport” AJ yoki "O‘rga Osiyo Trans" AJ tomonidan ustav jamg‘armasida tashkilotlar ulushi tegishli ravishda kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda;

"O‘zbekneftgaz" AJ, "O‘zkimyosanoat" AJ, "O‘zbekoziqovqatxolding" XK, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, "O‘zsanoateksport" AJ, "O‘zagroekslort" AJ, "O‘ztreyd"AJ, shuningdek, ularning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar, ustav jamg‘armasida mazkur tashkilotlarning umumiy ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan Qozog‘iston Respublikasidagi savdo uylari manziliga yetkazib berilishi mumkin”.

4.   Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomda:

a) 2-bandning beshinchi xatboshidagi “tashkilotlar” so‘zi “tadbirkorlik sub'yektlari” so‘zlari bilan almashtirildi;

b) 11 va 12-bandlarning uchinchi xatboshilaridagi “iste'molchi tashkilotlarni” so‘zlari “iste'molchilarni” so‘zi” bilan almashtirildi.

Mavzuga oid