Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: Agar qayta saylansam, Ukrainaning NATOga a'zoligi masalasini ko‘taraman
Foto: RIA Novosti / Mixail Palinchak
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko kutilayotgan prezidentlik saylovida yana g‘alaba qozonsa, Ukrainaning NATO a'zoligi bo‘yicha masalani 2019 yil yakuniga qadar muhokama etishini bildirdi.
«Ikkinchi prezidentlik muddatim yakuniga qadar Ukrainani YeI va NATO a'zoligiga olib kirishni rejalashtirganman. 2023 yilda YeIga tarkibiga kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash va NATO a'zoligi bo‘yicha amaliy dasturga ega bo‘lish haqiqatga mos keladi. Dekabrda o‘tkazilishi kutilayotgan NATOning London sammitida, agar saylovchilar keyingi besh yillik uchun ishonch bildirsa, a'zolik masalasini xalqaro maydonda ko‘tarmoqchiman», — deydi davlat rahbari yakshanba kuni Kiyevdagi saylovchilar bilan uchrashuvda.
19 fevral kuni Poroshenko mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi. Unda Ukrainaning yevropacha birligi va kelib chiqishi, yevroatlantik yo‘nalishdan og‘ishmasligi ta'kidlanadi.
Ma'lumot uchun, Ukrainada prezidentlik saylovi 31 mart kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
13:45 / 05.12.2025
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:21 / 05.12.2025
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
09:00 / 05.12.2025