Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada prezident saylovlarining 2-turi o‘tadi
Slovakiyada prezident saylovlarining 2-turi o‘tadi. Unda advokat va jamoat arbobi Zuzana Chaputova va Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Marosh Shefchovich ishtirok etadi. Chaputova saylovlarning 1-turi natijalariga ko‘ra 40,54 foiz ovoz, Shefchovich esa 18,66 foiz ovoz to‘plagan.
3-o‘rinni mamlakat oliy sudining sobiq rahbari Shtefan Garabin (14,35 foiz) va 4-o‘rinni o‘ta o‘ng slovak partiyasi yetakchisi Marian Kotleba (10,4 foiz) egallagan. Qolgan nomzodlar 10 foizlik chegaradan o‘ta olishmagan. Saylovlarda hammasi bo‘lib 13 nomzod ishtirok etgan. Mamlakatning amaldagi prezidenti Andrey Kiska saylovlarda ishtirok etmagan.
Nomzodlardan birortasi zaruriy 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmagani sababli mamlakatda 2 haftadan keyin, ya'ni 30 mart kuni saylovlarning 2-turi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026