Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Navro‘z munosabati bilan 44 nafar mahbusni afv etdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z arafasida 44 nafar mahbusni afv etish haqidagi farmonni imzoladi.
Afv etilganlardan 7 nafari jazodan to‘liq ozod etilgan, 11 nafari esa shartli ravishda ozod etilgan. Shuningdek, 12 kishining jazosi yengillashtirilgan, 13 kishining jazo muddati qisqartirilgan.
Umumiy hisobda 30 kishi o‘z oilalari bag‘riga qaytadi.
Afv etilganlar orasida faoliyati taqiqlangan tashkilotlarga a'zo bo‘lgan 60 yoshdan oshgan 2 kishi, 23 yoshli 5 nafar ayol bor.
Shavkat Mirziyoyev birinchi marta afv etish tizimidan 2017 yilda foydalangan. O‘shanda 2700 nafar mahbus afv etilgan. 2018 yilda Ramazon hayiti bayrami arafasida 226 kishi, Mustaqillik kuni 261 kishi va Konstitutsiya qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan 136 kishi afv etilgan.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025