Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov sobiq prezident ma’muriyati rahbari Farid Niyazovni afv etiş haqidagi farmonni imzoladi.  

Farid Niyazov 2011–2017 yillarda, mamlakatga Almazbek Atambayev rahbarlik qilgan davrda Qirğiziston prezidenti apparati rahbari lavozimida işlagan.

2021 yil sentabrida Farid Niyazov, şuningdek Almazbek Atamboyev, sobiq prezident qöriqçisi Kanat Sagimbayev va IIV rahbarining sobiq örinbosari Kursan Asanov hokimiyatni zöravonlik bilan egallaşga uriniş va ommaviy tartibsizliklarni taşkil etişda ayblangan. Niyazov 7 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

2020 yil oktyabr oyida Bişkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bölganlarning ommaviy namoyişlari bölib ötgan. 6 oktyabr kuni namoyişçilar talabi bilan 2019 yildan beri tergov hibsxonasida saqlanayotgan Almazbek Atamboyev ozod qilingan, ammo keyinçalik yana qölga olingan.

Atamboyev 2020 yilda 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, ammo uç yildan söng uşbu hukm bekor qilinib, sobiq prezident Ispaniyaga ketgan. 2025 yilda esa korrupsiya va ommaviy tartibsizliklarni taşkil etiş işi böyiça yana 11,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan.