Gulistonda bosqinchilar qo‘lga olindi
2019 yil 8 yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida noma'lum shaxslar Bo‘ston mahallasida yashovchi S.M. ismli ayolning uyiga ochiq qolgan eshigi orqali kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular uni va birga yashovchi ikki nafar voyaga yetmagan farzandini qo‘rqitish orqali uyidan zargarlik buyumlari, pullari va “Iphone” rusumli mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringanlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Guliston shahrida yashovchi S.J., J.M. va muqaddam sudlangan U.B. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
18:33 / 27.04.2024
Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi
11:54 / 30.03.2024
Toshkent viloyatida bosqinchilik va odam o‘g‘irlashni rejalashtirgan jinoiy guruh ushlandi
10:16 / 27.01.2024