Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda advokatlar hay’atida faoliyat yurituvçi, muqaddam sudlangan advokat 5 ming AQŞ dollarini olgan vaqtda uşlangan. Tergovga köra, u Mirobod tuman IIO FMB Tergov bölimi yurituvidagi Jinoyat kodeksining 131- va 135-moddalari böyiça qözğatilgan iş ayblanuvçisidan 135-moddani “olib taşlaş” hamda ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlaşda yordam beriş evaziga jami 10 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Samarqand şahrida esa mahalliy advokatlik firmasi advokati jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida körilayotgan Jinoyat kodeksining 273-moddasi böyiça işda ayblanuvçiga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanişida “tanişlari orqali yordam beriş” evaziga 4 ming AQŞ dollarini olgan vaqtda uşlangan.

Sirdaryo viloyati Guliston şahrida qayd etilgan holatda esa advokatlik byurosi advokati Oqoltin tumanidagi MÇJ rahbaridan 450 mln sömlik dori vositalarini olib, pulini bermay yurgan şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatib berişni va’da qilgani, bunda 1500 AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olingani bildirilgan.

Aytilişiça, hozirda uç nafar advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.