Jamiyat | 13:03 / 25.03.2019
3719
1 daqiqa o‘qiladi

«InfinBank» yana valuta birjasi savdolarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi

2019 yil 19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan «InfinBank» ATBga nisbatan valuta ayirboshlash savdolarda cheklangan ishtiroklari orqali valuta qonunchiligi sohasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun jarima choralari qo‘llandi.

Shu bilan birga, chet el valutasini sotib olish va sotish bo‘yicha mijozlarning barcha talablari ichki valuta bozorida to‘liq qondirildi.

Belgilangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishi natijasida bank 2019 yil 20 mart kuni valuta birjasi savdolarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda barcha bank operatsiyalari o‘rnatilgan tartibda bajarilmoqda.

«InfinBank» ATB har doim o‘z mijozlariga g‘amxo‘rlik qiladi va amaldagi qonunchilik doiralarida barcha majburiyatlarni o‘z bo‘yniga oladi.

Mijoz – bizning asosiy qadriyatimiz, deyiladi bank xabarida.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid