Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
InfinBank va Smart Business biznesga xizmat ko‘rsatishning “yagona darcha” tamoyili asosidagi yangi formatini ishga tushirmoqda
InfinBank Smart Business bilan hamkorlikda O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes uchun kompleks xizmat ko‘rsatishning yangi modelini ishga tushirmoqda. Ushbu model bank, to‘lov va hisob yuritish xizmatlarini yagona ekotizimda birlashtiradi.
Foto: InfinBank
Yangi format tadbirkorlarga biznesni boshlash va yuritish uchun barcha zarur vositalarni “yagona darcha” rejimida, bir nechta xizmat ko‘rsatuvchilarga/yetkazib beruvchilarga murojaat qilmasdan olish imkonini beradi.
Hamkorlik doirasida tadbirkorlar uchun quyidagi xizmatlar taqdim etiladi:
• hisob raqamini ochish;
• savdo ekvayringini ulash;
• POS-terminallar;
• QR-to‘lovlar;
• onlayn NKMni ro‘yxatdan o‘tkazish;
• savdo, tovarlar va hisobotlarni boshqarish uchun Smart Business hisob tizimi;
• 24/7 texnik qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish.
InfinBank uchun ekotizim asosidagi B2B yechimlarini rivojlantirish strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bank tadbirkorlar uchun raqamli xizmatlarni faol joriy etmoqda, bu esa moliyaviy infratuzilmani biznesning kundalik faoliyati uchun yanada qulay, texnologik va osonroq qiladi.
Bugungi kunda InfinBank tadbirkorlarga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
• hisobraqamini masofadan ochish;
• savdo ekvayringini onlayn ulash;
• biznes uchun depozit va kredit mahsulotlari;
• savdo ekvayringidan tushgan mablag‘larni hisobraqamiga bir zumda o‘tkazish — bu O‘zbekiston bozorida ushbu formatdagi ilk yechimlardan biri hisoblanadi.
Smart Business infratuzilmasi va InfinBank moliyaviy xizmatlarining birlashtirilishi tadbirkorlar uchun biznesni boshqarish bo‘yicha yagona makon shakllanishiga xizmat qiladi. Hamkorlar ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Smart Business yechimlaridan butun mamlakat bo‘ylab 60 000 dan ortiq tadbirkor foydalanmoqda, kompaniya tarmog‘i esa 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga oladi.
Qo‘shma dasturning ishga tushirilishi 20-mayga rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes uchun zamonaviy raqamli yechimlarni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida