InfinBank Toşkentdagi MDS-Service klinikasini sotib oliş uçun ariza berdi. Klinika sentabr oyi boşidan beri onlayn-auksionda sotilmoqda. Bundan E-ijro ma'lumotlari darak beradi.

Özbekistondagi eng birinçi tez tibbiy yordam nimstansiyalaridan biri bölgan MDS-Service klinikasi ustav fondi 100 foizi lot sifatida qöyilgan. Ulardan 62,2% NNB Investments’ga, 37,8% — Solid Investment and Securities’ga tegişli. Har ikki kompaniya xorijiy kapital iştirokida taşkil etilgan.

Taklifga hammasi kiradi - investitsiyalar, aktivlar, boşqa turdagi barça mol-mulklar (bino-inşootlari, avtotransport vositalari, tibbiy asbob-uskunalari va boşqalar).

Yer uçastkasining umumiy maydoni (ga) - 5,575. Bino umumiy maydoni (kv.m) - 3796. Binoning quriliş osti maydoni (ga) - 2,655, bino foydali maydoni (kv.m) - 2791,88.

Baholangan narxi - 32,7 mlrd söm, InfinBank 32,1 mlrd taklif qildi. Bank ariza bergan yagona iştirokçiga aylandi.